SIRDARYO-ZARAFSHON

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

(Jizzax viloyati)

Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi




            Havza boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2O2l-yil 6-apreldagi "Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo'Jaligi obyektiari xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6200-son Farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Suv xo'Jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5055-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2O2l-yil 17-sentyabriagi ,,O'zbekiston Respublikasi Suv xo'Jaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 573-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil l-martdagi "Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste'molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-145-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi "Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 196-sonli qaroriga muvofiq qayta ishlab chiqilgan hamda qo'shimcha va o' zgarishlar kiritilgan.

           Havza boshqarmasi suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish,
shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta'sirining oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat orgarlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

           Havza boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Suv xo'Jaligi vazirligiga (keyingi o'rinlarda - vazirlik) bo'ysunadi. Havza boshqarmasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining Hay'at qarorlari va buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlatiga amal qiladi. Havza boshqarmasi o'z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

         Havza boshqarmasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Havza boshqarmasi va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, ular O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ya blankalarga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G'aznachiligida shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, banklarda hisobvaraqlariga egadir.

Havza boshqarmasining rasmiy nomlanishi  a) davlat tilida: to'liq Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, qisqartirilgan nomi Sirdaryo-Zarafshon ITHB ;
Havza boshqarmasining joylashgan manzili:   Jizzax shahri Beshquvur ko'chasi 56-uy.


 Havza boshqarmasi tuzilmasi
 Havza boshqarmas i tuzilmasiga quyidagilar kiradi :

- Havza boshqarmasining Markaziy apparati;
- Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi;
- Meliorativ ekspeditsiya;
- Zomin irrigatsiya tizimi boshqarmasi;
- Uchtom irrigatsiya tizimi boshqarmasi;
- Tuyatortar-Qli irrigatsiya tizimi boshqarmasi;
- Arnasoy tuman irrigatsiya bo'limi;
- Do'stlik tuman irrigatsiya bo'limi;
- Zomin tuman irrigatsiya bo'limi;
- Zarbdor tuman irrigatsiya bo'limi;
- Zafarobod tuman irrigatsiya bo'limi;
- Mirzacho'l tuman irrigatsiya bo'limi;
- Paxtakor tuman irrigatsiya bo'limi;
- Sh.Rashidov tuman irrigatsiya bo'limi;
- Baxmal tuman irrigatsiya bo'limi;
- G'allaorol tuman irrigatsiya bo'limi;
- Forish tuman irrigatsiya bo'limi;