SIRDARYO-ZARAFSHON

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

(Jizzax viloyati)

Ирригация




         Joriy yilda Sirdaryo - Zarafshon ITHB  tasarrufidagi 323,4 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, 258 dona gidrotexnika inshootlari va258 dona gidropostlarni ta’mirlash rejalashtirilgan. Shuningdek, jami 1715 km uzunlikdagi xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini (shundan 369 km qismini mexanizm va 1346 km qismini qo‘l kuchi yordamida) tozalash, ulardagi 222 dona gidrotexnika inshootlari va 293 dona gidropostlarni ta’mirlash hamda 1080 dona fermerlarning suv olish quloqlarini jihozlash ishlari belgilangan.

        Birinchi chorak yakuni bilan jami 150,0 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlari tozalanib, 107 dona gidrotexnika inshootlari va 133 dona gidropostlar ta’mirlangan.

       Shu bilan birga, 701,0 km uzunlikdagi xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarida tozalash va ulardagi 105 dona gidrotexnika inshootlari va 144 dona gidropostlarda ta’mirlash ishlari olib borilib, 432 dona fermerlarning suv olish quloqlari jihozlangan.